Har birimizda bizni ilk beauty-xotiralarga qaytaradigan mahsulotlar bor. Maktabga doim o'zing bilan olib ketging kelgan lab yaltirog'i, yonoqlarga ozgina yonoq bo'yog'i yoki darslar oldidan surtilgan yaltiroq ko'z soyasi.
Women of O'zbekiston loyihasi qahramoni Shahzoda Pirova uchun ham maktab makiyaji o'sha yillarning alohida bir qismi bo'lgan.
«Bu mening majburiy dasturim edi: pushti yonoqlar, labda yaltiroq va bo'yalgan kipriklar», — deb eslaydi Shahzoda.
Yillar o'tib ko'p narsa o'zgardi, lekin ba'zi beauty-odatlar va sevimli mahsulotlar saqlanib qoldi. Shahzoda bilan birga maktab davrini eslatadigan, ammo bugungi kundalik makiyajga yangicha uyg'un bo'ladigan kosmetik sumka yig'dik.
Kosmetik sumka Minimalist Makeup Bag Almond — bir paytlar ilk sevimli vositalar saqlangan o'sha kosmetik sumkaning zamonaviy talqini. Endi unda faqat har kuni chindan ham foydalanging keladigan narsalar.
Kremli yonoq bo'yog'i Cream Blush yonoqlarga tetik va tabiiy qizillik beradi — bu Shahzodaning maktab makiyajidagi sevimli elementlaridan biriga ishora.
Lab yaltirog'i Sleeks Lip Gloss — ehtimol, maktab yillarining eng taniqli beauty-ramzlaridan biri. Bir paytlar darslar oldidan kichik bir detal bo'lgan yengil jilo bugun ham dolzarb.
Palitra Flexi Freedom System ko'zgusi bilan o'zingizning mini-palitrangizni yig'ish imkonini beradi, Freedom System Eyeshadow Twinkle esa ilk makiyaj tajribalarini eslatadigan o'sha nozik tovlanishni qo'shadi.
Tuslar, teksturalar va odatlarimiz o'zgaradi, ammo ilk beauty-tajribalar bilan bog'liq tuyg'ular hech qayoqqa yo'qolmaydi. Sizni-chi, qaysi mahsulot bir zumda maktab yillariga qaytaradi?

